Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun bayramona tadbir tashkil etildi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank”da onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun bayramona tadbir tashkil etildi
19 Sen 2025

 Dunyoda quvonch-u shodliklar bisyor. Biroq balajonlarning sho‘x-shodon kulgulari, xursandchiliklarini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Barcha sa’y-harakatlar ularning porloq kelajagi va shodligi uchundir. Zotan, bola quvonchi olam quvonchi demak.photo_2025-09-19_11-04-35.jpg
photo_2025-09-19_11-04-43
photo_2025-09-19_11-04-4 Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun bayramona tadbir tashkil etildi. Jajji o‘g‘il-qizlar va ularning ota-onalarini moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda bayramona dasturxon bezatilib, ertak qahramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Qolaversa, bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar, yaratilgan qo‘l mehnatlarini auksion savdolari orqali bank xodimlari va mijozlari sotib olishdi.photo_2025-09-19_11-27-22
photo_2025-09-19_11-05-05
photo_2025-09-19_11-06-15.jpg  Shuningdek, “Trastbank” tomonidan onkologik va onkogemotologik xastaliklar bilan kurashayotgan bolalar uchun homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi.
 Bu kabi tadbirlar ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, ularga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.photo_2025-09-19_11-05-09
photo_2025-09-19_11-05-24.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech