Dunyoda quvonch-u shodliklar bisyor. Biroq balajonlarning sho‘x-shodon kulgulari, xursandchiliklarini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Barcha sa’y-harakatlar ularning porloq kelajagi va shodligi uchundir. Zotan, bola quvonchi olam quvonchi demak.
Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun bayramona tadbir tashkil etildi. Jajji o‘g‘il-qizlar va ularning ota-onalarini moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda bayramona dasturxon bezatilib, ertak qahramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Qolaversa, bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar, yaratilgan qo‘l mehnatlarini auksion savdolari orqali bank xodimlari va mijozlari sotib olishdi.
Shuningdek, “Trastbank” tomonidan onkologik va onkogemotologik xastaliklar bilan kurashayotgan bolalar uchun homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi.
Bu kabi tadbirlar ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, ularga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
35