Bugun, 10-iyun kuni Toshkent shahrida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. Bu yilgi forumning o‘ziga xos jihati shundaki, uning doirasida ilk bor investitsiya ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada yirik mahalliy xususiy kompaniyalar xalqaro investorlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etishmoqda.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham mazkur milliy ko‘rgazmada qatnashib, o‘z xizmat va mahsulotlari yuzasidan taqdimotlar qilmoqda. Xususan, raqamli transformatsiya va innovatsion loyihalar, onlayn banking, ko‘p funksional bankomatlar kabi qator yo‘nalishlar namoyish etilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu ko‘rgazma 2025-yil 9–12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
180