Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi

Yangilangan sana: 18 Fevral 2022, 17:33
“Trastbank” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi
18 Fev 2022

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt mobaynida Oʻzbekistondagi yetakchi banklardan biriga aylandi. Ushbu moliya muassasasida barcha turdagi bank mahsulotlari va xizmatlari taqdim etilib, filiallar tarmog‘i kengaytirildi. Mazkur jarayonda zamonaviy amaliyot va xalqaro standartlar talablari qo‘llanilmoqda. Bu esa mijozlar va biznes hamkorlar ishonchini oqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Bilamizki, korrupsiya eng dolzarb muammolardan sanaladi. U jiddiy ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda tashkilotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, rivojlanishga to‘sqinlik qiladi.

IMG_0231.JPG

 Shu jihatdan, “Trastbank” XABda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

 Mazkur ishlarning samarasi o‘laroq “Trastbank” ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ushbu sertifikatga ega bo‘ldi. Bugun xalqaro ekspertlar tomonidan Bank rahbariyatiga mazkur sertifikat topshirildi.

IMG_0234.JPG

 ISO 37001:2016 – tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir. U korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi. Buni nazorat qilish va muvofiqlashtirish uchun Bankda korrupsiyaga qarshi maxsus xizmat tashkil etilgan bo'lib, unda mutaxassislar barcha zaruriy tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malakaga ega.

IMG_0255.JPG

IMG_3299.JPG

 Ta’kidlash joizki, Bankda ISO 37001 standarti talablarini hayotga tatbiq etishdan maqsad – xodimlarning halolligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholiga bank xizmatlari ko‘rsatishning shaffof va samarali tizimini yaratishdan iborat. Zero, “Trastbank” – ishonch bilan yuzma-yuz!

IMG_0266.JPG

IMG_3301.JPG

IMG_0262.JPG

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 871
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech