“Ahbor-Reyting” agentligi 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining milliy shkaladagi kredit reytingini “UzA++” “Barqaror” darajasini muvaffaqiyatli tasdiqladi.
Bankning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan erishgan asosiy moliyaviy natijalari:
Jami aktivlar: 38,23% ga o‘sib, 17 735,66 mlrd so‘mga yetdi;
Kredit portfeli: 36,15% ga oshib, 8 692,25 mlrd so‘mni tashkil qildi;
Mijozlar depozitlari: aholining bankka bo‘lgan ishonchi 35,70% ga oshib, 12 091,65 mlrd so‘mga yetdi;
Xususiy kapital: 24,19% ga ko‘payib, 3 976,78 mlrd so‘m bo‘ldi;
Sof foyda: daromadlilik 25,23% ga o‘sib, 503,85 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bildirilgan yuksak ishonch hamda doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun har bir mijoz va hamkorimizga minnatdorlik bildiramiz.
“Trastbank” – ishonch bilan yuzma-yuz!





