Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” o‘zining korrespondentlik tarmog‘ini faol kengaytirishni davom ettirmoqda

Yangilangan sana: 2 Oktabr 2025, 19:05
“Trastbank” o‘zining korrespondentlik tarmog‘ini faol kengaytirishni davom ettirmoqda
2 Okt 2025

  Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida o‘tkazilayotgan “SIBOS 2025” xalqaro forumi doirasida “Trastbank” XAB va “Column bank” (AQSH) o‘rtasida AQSH dollarida vakillik hisobraqamini ochish hamda to‘lovlar bo‘yicha tranzaksion biznesni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 Mazkur kelishuv “Trastbank” XABning xalqaro to‘lovlar sohasidagi faolligini oshirish, uning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va xalqaro moliyaviy operatsiyalarni qayta ishlash jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, AQSH dollarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakillik hisobraqamining mavjudligi mijozlarimizga eng qisqa muddatlarda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, uchinchi banklar vositachilik haqini to‘lamasdan to‘lov xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
 Ma’lumot o‘rnida qayd etish mumkinki, “Column bank” 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, AQShning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida joylashgan. U AQSH milliy banki hisoblanadi, o‘z bank platformasiga ega, Federal zaxira tizimi bilan integratsiyalashgan va raqamli moliyaviy yechimlarni yaratish uchun infratuzilmani taqdim etadi.
 Xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash “Trastbank”ning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib, mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 38
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech