2026-yil 21–23-sentabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2026” 16-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi ma’sul xodimlari, qolaversa, Amaliyot boshqarmasi, “Darxon”, “Yakkasaroy”, “Bektemir” va “Raqamli” bank xizmatlari ofislari boshqaruvchilarining o‘rinbosarlari hamda BXM boshliqlari ham ishtirok etdi.

Xalqaro ko‘rgazmada plastmassa va polimer ishlab chiqarish uskunalari, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar hamda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillariga “Trastbank”ning kredit, valyuta operatsiyalari, xorijiy kredit liniyalari va to‘lov xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Xitoy, Hindiston, Eron, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyurgan kompaniyalar vakillarining O‘zbekistonda bank xizmatlaridan foydalanishi bilan bog‘liq savollariga atroflicha javob qaytarildi.





