“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbar-xodimlari uchun Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida xalqaro o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ikki hafta davom etgan mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan mijozlar bilan samarali muloqot qilish, ommaviy nutq – ko‘nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirish mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Xususan, ishtirokchilar mijozparvar marketing, mijozparvar banklarning xususiyatlari, mobil banking ilovasini tekshirib chiqish hamda reyting berish borasida bilim va ko‘nikmalarini boyitishdi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, mijozlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish, raqamli xizmat trendlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
O‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.




