Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Treyding: moliyaviy landshaftni o‘zgartirayotgan ayollar hikoyalari

Yangilangan sana: ...
Treyding: moliyaviy landshaftni o‘zgartirayotgan ayollar hikoyalari
6 Mar 2025

 Treyding – nafaqat bilim va tajriba, balki o‘z kuchiga ishonch, qaror qabul qilish va bozordagi o‘zgarishlariga moslashish qobiliyati ham ahamiyat kasb etgan soha. Tobora ko‘proq ayol treyderlar o‘zlari uchun ushbu dinamik soha, jumladan,O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) platformasining imkoniyatlarini ochmoqdalar. O‘zbekiston respublika valyuta  birjasi (O‘zRVB) tomonidan e’lon qilingan suhbatda qiyinchiliklarga qaramay, to‘siqlarni yengib o‘tib, moliyaviy sohada yutuqlarga erishayotgan muvaffaqiyatli treyder ayollar haqida so‘z yuritilgan. Ushbu suhbatda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasining Aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilnavoz Olimova ham o‘z mulohazalarini bildirgan.

photo_2025-03-06_17-27-0 Dilnavoz Olimova
“Trastbank” Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasining Aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, bank tizimida 20-yillik tajribaga ega, treyder sifatida 2018-yildan beri faoliyat yuritmoqda.
– Treydingdagi eng katta yutug‘im bu moliyaviy muvaffaqiyatdan ko‘ra, professional o‘sish va tajriba orttirish bo‘ldi. Davlat qimmatli qogozlari bilan savdo qilish uchun treyder sifatida ishlashni boshlaganimda, bozorni chuqur tahlil qilishga, bank strategiyasini yaratishga va tavakkalchilikni samarali boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldim.
 Moliyaviy jihatdan eng katta yutug‘im esa yuqori miqdordagi sarmoyani samarali boshqarish va kutilmagan bozor o‘zgarishlariga moslashib, sezilarli daromad olishga o‘z hissamni qo‘shdim. Lekin eng muhimi, bu jarayonda sabr-toqat, intizomga erishib, o‘z hissiyotlarimni nazorat qilishni o‘rgandim. Shuningdek, bilim va tajribamni boshqalar bilan bo‘lishish, ularga ko‘mak berish orqali ham katta yutuqqa erishdim, chunki bu menga nafaqat moliyaviy, balki shaxsiy o‘sishimga ham ta’sir etdi.
 Treyding sohasida men bir nechta stereotiplar va noto‘g‘ri tushunchalarga duch kelganman. Masalan, ayollar hissiyotlarga ko‘proq beriladi, degan qarash bor. Lekin amalda ayollar ko‘pincha ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qiladi va hissiyotlarni nazorat qilishga ko‘proq e’tibor beradi.
 Bundan tashqari, ayollar moliyaviy tahlil va raqamlar bilan ishlashda unchalik kuchli emas, degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Aslida esa aynan ayollar murakkab tahlillarni chuqurroq o‘rganishga moyildir. Ko‘pchilik ayollar xavf-xatarni qabul qila olmaydi, deb o‘ylashadi. Lekin men o‘z tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, ayollar risklarni aql bilan boshqarib, ehtiyotkorlik bilan qarorlar qabul qiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 171
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech