“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda “Umumjahon pul haftaligi – 2026” (Global money week – 2026) doirasida moliyaviy savodxonlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Ularda maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, mahallalar aholisi qamrab olinmoqda.


Navbatdagi manzil – Toshkent shahridagi “Evrika bilimdon” nodavlat ta’lim muassasasi. Ushbu bilim maskanida o‘tkazilgan ochiq dars bolalarda katta taassurot qoldirdi. Boisi, ularga iqtisodiy masalalarni o‘rganish muhimligi, bu kelajakda moliyaviy barqarorlik va farovonlikka erishishga xizmat qilishi tushuntirildi. Qolaversa, pul mablag‘larini jamg‘arib borish, raqamli iqtisodiyot va mobil ilovalardan foydalanish tartibi, kiberhujumlardan himoyalanish qoidalari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, ochiq dars davomida o‘quvchilar ushbu mavzular bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi.

Shuningdek, faol ishtirok etgan o‘g‘il-qizlar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


#trastbankuz #globalmoneyweek2026




