Rasmiy daromad manbaiga ega bo'lmaganlar uchun ipoteka krediti

"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki mijozlar uchun qulay bank xizmatlarini joriy qilishda davom etadi.
Xususan, "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ mablag'lari hisobidan rasmiy daromad manbaiga ega bo'lmagan mijozlarga birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun jozibador foiz stavkalari asosida ipoteka krediti taqdim etadi.
|
№ |
Ko‘rsatkich nomi |
Shartlari |
|
1 |
Mijoz (Qarz oluvchi) |
Norasmiy daromadga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari |
|
2 |
Kredit maqsadi |
Foydalanishga topshirilgan (kadastri mavjud), turar-joy (birlamchi va ikkilamchi bozordan) sotib olish |
|
3 |
Daromadlar |
Jismoniy shaxs: · Chet eldan rasmiy pul o‘tkazmalari - 100%; (Mexnat muxojirining o‘ziga, turmush o‘rtog‘iga yoki bir manzilda turuvchi otasi/onasi/farzandiga ya’ni pul o‘tkazmasini qabul qiluvchi shaxsga ajratilishi mumkin. · Dividendlar-100% · soliq platformasida ro‘yxatdan o‘tgan ijaradan tushgan tushumlari-100% daromad sifatida olinadi Yakka tartibdagi tadbirkor: · hisobvaraq aylanmasining - 20% daromad sifatida olinadi O‘zini o‘zi band qilgan shaxs: · soliq hisoblarida va KATM platformalarida aks ettirilgan tushumlar-100% · o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – uzluksiz oxirgi 12 oy davomida bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga tushgan tushumlari (bunda, har oylik tushum ajratiladigan ipoteka kreditini inobatga olgan holda, oʻrtacha oylik toʻlovlarning 2 baravaridan kam bo‘lmasligi lozim) daromad sifatida olinadi. |
|
4 |
Kreditlash manbai |
“O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan |
|
5 |
Miqdori |
Qoraqalpog‘iston Respublikasa va viloyatlar uchun – 550,0 mln. so‘mgacha Toshkent shahri hamda Yangi Toshkent hududi uchun – 1 000,0 mln.so‘mgacha |
|
6 |
Muddati |
120 oydan 180 oygacha |
|
7 |
Boshlang‘ich badal |
Sotib olinayotgan uy-joy qiymatining - kamida 35% |
|
8 |
Yillik foiz stavkasi |
21,99 foiz |
|
9 |
Kredit miqdorining uy-joy (garov) qiymatiga nisbati |
LTV≤65%. (Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olinayotganda turar joy qiymati sifatida mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholangan yoki oldi sotti shatnomasining qaysi biri summasi kichik bo‘lsa shu summa olinadi.) |
|
10 |
To‘lov usuli |
Annuitet yoki differensial usulda (imtiyozli davrsiz) |
|
11 |
Kredit ajratish shakli |
- Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olinayotganda sotuvchining bank plastik kartasiga o‘tkaziladi. - Birlamchi bozordan uy-joy sotib olinayotganda quruvchi (pudrat) tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi |
|
12 |
Oylik daromadlari |
Daromad (kamida 12 oylik daromadi oʻrganiladi) |
|
13 |
Ta’minot |
Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) |
|
14 |
Turar-joy sug‘urtasi |
Sug‘urta shartnomasi va polisi muddati kredit muddatiga mutanosib ravishda bo‘lishi va turar-joyning 100% qayta tiklanish qiymatida bo‘lishi lozim. (Sugʻurta puli oldi-sotdi summasiga teng boʻlishi lozim) |
|
15 |
Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar yosh chegarasi |
- murojaat qilgan kunida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan va 60 (oltmish) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. |
|
16 |
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar |
1. Fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi; 2. Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi (birlamchi bozordan xonadon sotib olishda qarz oluvchi tomonidan boshlang‘ich badal mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri pudrat tashkiloti hisobvarag‘iga o‘tkazilgan hollarda, pul mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat); 3. Sotib olinadigan uy-joyga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reestridan ko‘chirma nusxasi yoxud uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi boshqa hujjat; 4. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan dastlabki oldi-sotdi shartnomasi; 5. Uy-joy qiymatini baholash hisoboti; 6. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun-o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. |
|
17 |
Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki koʻrsatkichi |
50% dan oshmasligi lozim |
|
18 |
Ekologik va ijtimoiy boshqarish tizimi (EIBT) |
Asbest (xrizotil)-sement tom qoplamali (shifer) turar-joylariga ham, Ijtimoiy va Ekologik Boshqarish Tizimi talablariga rioya qilgan holda ipoteka krediti bersa bo‘ladi. Har bir ipoteka krediti EIBT boʻyicha oʻrganilishi lozim. |
Ipoteka krediti shartnomasi rasmiylashtirilishidan oldin taqdim etiladigan cheklist
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling:
| № | Bank xizmatlari ofislari nomlari | Telefon raqamlar |
|---|---|---|
| 1 | Amaliyot boshqarmasi | (+99871) 207-62-84 |
| 2 | “Toshkent” BXO | (+99871) 230-40-92 |
| 3 | “Darxon” BXO | (+99871) 237-06-45 |
| 4 | “Yakkasaroy” BXO | (+99871) 255-18-70 |
| 5 | “Andijon” BXO | (+99895) 202-03-10 |
| 6 | “Namangan” BXO | (+99869) 223-19-65 |
| 7 | “Samarqand” BXO | (+99866) 237-74-02 |
| 8 | “Termiz” BXO | (+99876) 227-35-00 |
| 9 | “Qarshi” BXO | (+99875) 227-25-25 |
| 10 | “Farg‘ona” BXO | (+99873) 244-40-28 |
| 11 | “Jizzax” BXO | (+99872) 226-20-16 |
| 12 | “Buxoro” BXO | (+99865) 505-06-06 |
| 13 | “Bektemir” BXO | (+99855) 901-10-10 |
| 14 | “Raqamli” BXO |
(+99855) 506-07-60 |
Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44. Ichki raqam (11272, 11370, 11407)