Ma’lumki, joriy yilning 30-yanvar kunidan boshlab “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi 3030-sonli Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirgan edi. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z ish faoliyatini mazkur Nizom talablari asosida olib borib, bu borada bir qator zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Kuni kecha “Trastbank” XAB “Darxon”, “Toshkent”, “Termiz” va “Qarshi” bank xizmatlari ofislarida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, kasb etikasiga rioya qilish kabi masalalar diqqat markazida bo‘ldi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda “Sirli mijoz” usuli asosida aniqlangan xato va kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Bu borada “Trastbank” XAB Bosh ofisi tegishli tarkibiy tuzilmalari mutasaddilarining hisobotlari eshitildi.
Shuningdek, bank xizmatlari ofislarining barcha xodimlariga tegishli ko‘rsatma, topshiriq hamda tushuntirishlar berildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
21



