2026-yil 22-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida (Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy) Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishning tashkiliy masalalari:
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
O‘tkazish vaqti:
2026-yil 22-may. Soat 15:00.
Yig‘ilish kun tartibi:
- “Trastbank” XABning 2025-yil faoliyati yakunlari va 2026-yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
- 2025-yil uchun Bankning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha xulosani tasdiqlash.
- 2025-yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
- moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- 2025-yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
- Foydani taqsimlash:
- 2025-yilda olingan foydani;
- o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.
- Umumiy maqsadlar uchun zaxira fondini shakllantirish haqida.
- Bank faoliyatining 2026-yilning 1-yarim yilligi va 2026-yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
- “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi bilan mehnat shartnomasini tuzish to‘g‘risida.
- Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha 2025-yilda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi.
- Bank Kuzatuv kengashining a’zolari soni tarkibini
- Bank Kuzatuv kengashining a’zolarining qo‘shimcha saylovi.
- Bank Ustaviga o‘zgartirish kiritish.
- Bank Kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisoboti.
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- 2025-yil yakuni bo‘yicha Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
- 2026-2030-yillar uchun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
- Agar ikki va undan ortiq Kuzatuv Kengashining a’zolari afillangan shaxslar bo‘lsa affillangan shaxs bilan kelgusida kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash to‘g‘risida.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 22-may kuni Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzili bo‘yicha “Trastbank” XAB Bosh ofisi binosining 5-qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish shu kuni soat 14:00 da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana – 2026-yil 1-may.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida 2026-yil 18-may holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyadorlari yillik umumiy yig‘ilishiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin:
Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy.
Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport yoki ID karta (shaxs guvohnomasi), aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
(78)140-00-88, (71) 207-62-12.
Sayt: www.trastbank.uz
E-mail: info@trustbank.uz
Bank Kuzatuv Kengashi.




