“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir tashkil etildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu tadbirda bolajonlar hamda ularning ota-onalari uchun bayramona dasturxon bezatilib, ertak qahramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bundan tashqari, tadbirda bank xodimlari bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar, yaratilgan qo‘l mehnatlarini xarid qilib, doim ular bilan birga ekanligini ta’kidlashdi.
Darhaqiqat, bolaning begonasi bo‘lmaydi. Ularning zavq-u shavqqa to‘lib ulg‘ayishi uchun har birimiz mas’ulmiz. Zotan, murg‘ak qalblarga e’tibor – ularning baxtli hayoti uchun mustahkam zamin.





