Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Foydali va maroqli trening

Yangilangan sana: 25 Iyun 2021, 13:11
Foydali va maroqli trening
25 Iyun 2021

Zamon bilan teng qadam tashlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ilg‘or o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tadbiq etish uchun muntazam ravishda xodimlar malakasini oshirish zarur. “Trastbank” XAB o‘z xodimlari uchun turli mavzu va yo‘nalishlarda doimo trening, seminar va o‘quv kurslari tashkil etib keladi.

15-16-iyun kunlari Chakana biznes departamenti, filiallar chakana biznes bo‘limlari va bank xizmatlari markazi mas’ullari “Chakana biznes mahsulotlari ommabopligini oshirish yo‘llari” nomli treningda ishtirok etdi. Trening tog‘ yonbag‘ridagi “Layner Mountain Resort” dam olish maskanida erkin muloqot shaklida o‘tkazildi.

photo1624442176 (2)

Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov:
Xodimlarimizning nafaqat kasbiy mahoratini oshirish, balki to‘g‘ri
madaniy hordiq chiqarishi ham biz uchun muhim. Shu sabab bu galgi treningni tog‘li maskanda o‘tkazishga qaror qildik. Trening kreditlar va omonatlarni raqamlashtirish, ya’ni mijozdan kamroq vaqt talab qiladigan onlayn ko‘rinishga o‘tkazish, “TrustPay” ilovasi imkoniyatlarini kengaytirish borasida suhbatlar qurildi. Bunda, ayniqsa, timbilding – jamoaviy ahillik, birdamlik bilan harakatlanish kabi mehnat faoliyati samaradorligini oshiruvchi omillarga alohida e’tibor qaratdik.

photo1624442176

Plastik kartalar departamenti direktori Narimon Nishanov:
Bankimizda trening va seminarlar har doim o‘tkaziladi, ammo bu galgi trening xodimlarimizda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Chunki hamkasblar bilan ochiq tabiat qo‘ynida jamoaviy ruhni shakllantiruvchi erkin davra suhbatlari va o‘yinlar bilan ham foydali, ham maroqli vaqt o‘tkazdik. Bankimiz mijozlariga qulaylik yaratish, masalan, bankomat va terminallar sonini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash borasida muhokamalar qildik, yangiliklar kiritishga rejalar tuzdik.

photo1624442176 (3)

Kvest o‘yinlari, mahorat mashg‘ulotlari, norasmiy davra suhbatlari ko‘rinishida 64 nafar xodim o‘z tajribasini orttirdi. Qolaversa, go‘zal manzara, tog‘li havo evaziga yangi kuch, yangi g‘ayrat bilan bilan qaytdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 752
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech