“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalarda “yordamchi-agent”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlarini bank xizmatlariga jalb qilish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, seminar davomida kredit tarixi, kafillik va garov mavzulari bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi. Xususan, kredit reyting tizimi, kredit tarixini yaxshilash, kafilning huquq va majburiyatlari, garov turlari va sug‘urta polisi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, bank kartalari va kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish tartiblari yuzasidan ham taqdimotlar qilindi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savolalrga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.




