Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

Yangilangan sana: 14 May 2026, 13:02
“Mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi
14 May 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

photo_2026-05-14_12-04-42 (2).jpg Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalarda “yordamchi-agent”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlarini bank xizmatlariga jalb qilish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.  

photo_2026-05-14_12-04-42.jpg

 Bundan tashqari, seminar davomida kredit tarixi, kafillik va garov mavzulari bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi. Xususan, kredit reyting tizimi, kredit tarixini yaxshilash, kafilning huquq va majburiyatlari, garov turlari va sug‘urta polisi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

photo_2026-05-14_12-04-41.jpg

 Shuningdek, bank kartalari va kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish tartiblari yuzasidan ham taqdimotlar qilindi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savolalrga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 21

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech