Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan bolajonlar uchun tadbir o‘tkazildi

Maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan bolajonlar uchun tadbir o‘tkazildi
27 Avg 2026

 Hademay yangi 2026-2027-o‘quv yili boshlanadi. O‘g‘il-qizlar qadrdon maskan – bilimlar dargohiga oshiqadi.photo_2026-08-27_17-28-01.jpg Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida moliya muassasasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ilk bor maktab ostonasiga qadam tashlayotgan farzandlari uchun tadbir tashkil etildi.photo_2026-08-27_17-28-17.jpg

photo_2026-08-27_17-28-08.jpg Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbirda “Trastbank” XAB Boshqaruv raisi o‘rinbosari K.Gabbazov so‘zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan “Bilimlar kuni” va “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayramlari bilan tabrikladi. Ularni oldinda porloq kelajak kutayotgani, qolaversa, ota-onalari kabi yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetishishlari uchun bilimlarni puxta egallab, doimo a’lo baholarda o‘qishlari zarurligini bildirdi.photo_2026-08-27_17-28-04.jpg Bundan tashqari, tadbirda bolajonlarga barcha o‘quv qurollari jamlangan maktab sumkasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari hamda qiziqarli interaktiv o‘yinlar o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirdi.photo_2026-08-27_17-28-27.jpg Bu kabi tadbirlar hududlardagi bank xizmatlari ofislarida ham davom etmoqda.photo_2026-08-27_17-27-54.jpg


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 16
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech