“Trastbank” XAB Bank xavfsizligi va axborot texnologiyalari departamenti mas’ullari hamda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Namangan” bank xizmatlari ofisida o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Bank faoliyatida xavfsizlik – mijoz ishonchini mustahkamlovchi eng muhim omillardan biri ekanligi ta’kidlanib, axborot va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik oqibatlari misollar orqali tushuntirib berildi. Bundan tashqari, firibgarlik holatlarining oldini olish yo‘llari, ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Qayd etish joizki, bu kabi o‘quv seminarlari xodimlarning bilim va ko‘nikmasini boyitishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
3



