Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, yurtimizni yana-da taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini eʼtirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.
Shu o‘rinda “Trastbank” XAB Siz, aziz yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan tabriklaydi.
Sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaydi.




