Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi

Yangilangan sana: 11 Sentabr 2026, 16:04
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi
11 Sen 2026

 2026-yil 10-sentabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, qolaversa, blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda bank xizmatlari va mahsulotlari, aholi hamda tadbirkorlik subyektlari uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit mahsulotlari, “onlayn banking” haqida batafsil ma’lumot berildi.2.jpg

3.jpg Ta’kidlanganidek, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zining 32 yillik faoliyati mobaynida mijozlar uchun yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda operativlikni ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Buning uchun qator xalqaro hamkorliklar, kelishuvlarga erishib, maxsus dasturlarni amaliyotga tatbiq etmoqda.4.jpg

5.JPG Jumladan, joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, 1 mln 400 ga yaqin jismoniy shaxslar uchun kartalar, 10 mingdan ziyod korporativ kartalar emissiya qilingan. Qolaversa, respublikamiz bo‘ylab 700 ga yaqin ko‘pfunksiyali bankomatlar mijozlarga tun-u xizmat ko‘rsatmoqda. 6.jpg

7. Bugungi kunda Bank aktivlari 19 trln 584 mlrd so‘mni, kapitali esa 4 trln 92 mlrd so‘mni tashkil etadi. Kredit portfeli 9 trln 196 mlrd so‘m.8 Yana bir jihat, “Trastbank” tomonidan aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Natijada hududlarda savdo, xizmat ko‘rsatish, maishiy xizmat va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida qator loyihalar ishga tushirildi. Eng muhimi, ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi ta’minlanishiga erishildi.9 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan joriy yil boshidan 1-sentabrga qadar yuridik shaxslar uchun jami 5 trln 64 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Buning natijasida 1 200 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan “Trastbank”da ham faktoring xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Natijada tadbirkorlar o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda. Ushbu xizmat milliy valyutada 90 kungacha, xorijiy valyutada esa 180 kungacha muddatda taqdim etiladi. Diskont summasi milliy valyutada 2 % dan 8 % gacha, xorijiy valyutada 1,5 % dan 10 % gacha qilib belgilangan. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, joriy yilning sakkiz oyi mobaynida “Trastbank” tomonidan jami 123 mlrd 601 mln so‘m miqdorida faktoring xizmatlari ko‘rsatildi.12.JPG Sifatli tibbiyot buyumlari ishlab chiqaradigan “Fazo luxe” korxonasi ham “Trastbank”ning faktoring xizmatidan foydalangan. 2026-yil mobaynida ushbu korxonaga 10 mlrd so‘m miqdorida faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan. Natijada korxonaning ishlab chiqarish hajmi oshib, eksport salohiyati ham ortgan. Eng muhimi, hududdagi xotin-qizlar, yoshlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Hozirda 250 nafarga yaqin ishchilar faoliyat yuritmoqda.11 Muxtasar qilib aytganda, “Trastbank” tomonidan taqdim etilayotgan qulay va tezkor bank xizmatlari hududlarda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, oilalarga daromad manbai hamda bankka bo‘lgan ishonchni olib kirmoqda.
photo_2026-09-11_16-04-06.jpg
10

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 4

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech