“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Pul muomalasi va kassa ishini tashkil etish departamenti tomonidan “Qalbaki valyutalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda shikastlangan valyutalarning shikastlanish darajasini to‘g‘ri tatbiq etish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Bankning bosh ofisi hamda videokonferensaloqa orqali hududlardagi filiallarning ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma”, “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ning mazmun-mohiyati borasida tushunchalar berildi.

Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan mazkur seminarda bank xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.





