“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Spartakiada – 2026” sport musobaqalariga start berildi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan ‘“Trastbank” XAB Boshqaruv raisi o‘rinbosari K.Gabbazov ushbu sport bayrami bilan barcha ishtirokchilarni qutlab, har bir bellashuvlarida muvaffaqiyatli natijalarni zabt etishlarini tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa jamoalar orasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlayotgani bilan ham ahamiyatli ekanligini, zero, sport – do‘stlik va tinchlik elchisi ekanligini ta’kidladi.


1500 nafardan ortiq xodmlarni qamrab olgan “Spartakiada – 2026” sport bellashuvlarida ishtirokchilar sportning voleybol, yengil atletika (estafeta yugurishi), mini futbol, shaxmat, suzish, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.

Joriy yilning 10–11-oktabr kunlari guruhlarda saralash o‘yinlari, 17-oktabr kuni esa yarim final va final bosqichlari o‘tkaziladi. G‘oliblar kubog, maxsus statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shu o‘rinda, barcha ishtirokchi jamoalarga omad hamda shijoat tilab qolamiz.




