Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Spartakiada – 2026” sport musobaqalari o‘tkazildi

Yangilangan sana: 20 Oktabr 2026, 12:31
“Spartakiada – 2026” sport musobaqalari o‘tkazildi
20 Okt 2026
Joriy yilning 17-oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil qilinadigan “Spartakiada – 2026” sport musobaqalarining final bosqichi o‘tkazildi. 1500 nafardan ortiq xodimlarni qamrab olgan ushbu o‘yinlarda ishtirokchilar sportning voleybol, yengil atletika (estafeta yugurishi), mini futbol, shaxmat, suzish, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. 

G‘olib jamoalarni tatanali taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi S.Normuxamedov barcha ishtirokchilarni mazkur sport bayrami bilan tabriklab, bu bellashuvlar, avvalo, do‘stlik rishtalarini, yakdillik va birdamlikni yanada mustahkamlashi, qolaversa, xodimlarning jismoniy kamolotiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli ekanligini ta’kidladi. Bu yilgi “Spartakiada” o‘yinlarida “mahalla bankir”lari va “yordamchi-agent”larning ishtirok etayotgani bunga yaqqol misol ekanligini qayd etdi. Shuningdek, hamkasblarning nafaqat moliya yo‘nalishida, balki hududlarda o‘ztkazilayotgan turli sport musobaqalarida ham ijobiy natijalarga erishayotgani har bir jamoadoshga faxr bag‘ishlashini bildirdi.

Jiddiy va murosasiz kechgan kurashlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar shohsupadan munosib joy egallashdi. Jumladan, millionlar o‘yini – futbol o‘yinlari ham “Spartakiada – 2026” sport musobaqalarida o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi. Qizg‘in bahslar, jamoalarning puxta taktikasi muxlislarini hayajon bilan kuzatishga undadi. “Andijon”, “Qarshi”, “Termiz”, “Raqamli” bank xizmatlari ofislari jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Yakuniy bosqichda “Qarshi” BXO jamoasi to‘psurarlari birinchi pog‘onani zabt etdi. 2-o‘rinni “Raqamli” BXO, 3-o‘rinni esa “Termiz” BXO jamoasi egalladi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Trastbank”ning xotin-qizlari moliyaviy ko‘rsatkichlar qatori sport bellashuvlarida ham yaxshi natijalarga erishmoqda. Bu voleybol maydoni uzra shijoatli o‘yinlarda namoyon bo‘ldi. Final natijalariga ko‘ra, “Andijon” BXO jamoasi 1-o‘rinni, “Termiz” BXO jamoasi 2-o‘rinni, “Namangan” BXO jamoasi esa 3-o‘rinni qayd etdi.

Voleybol maydonida Bosh ofis, “Andijon”, “Termiz”, “Darxon” bank xizmatlari ofislarining erkaklar jamoalari ham shiddatli o‘yinlarni namoyon etishdi. Murosasiz kechgan kurashlarda “Termiz” BXO 1-o‘rinni, Bosh ofis 2-o‘rinni, “Andijon” BXO esa 3-o‘rinni zabt etdi.

Shaxmat musobaqalarida dona surishlarda kechgan bahslar ishtirokchilarning aql-idrokini yana karra sinovdan o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, Amaliyot boshqarmasi zukko jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Bosh ofis 2-o‘rinni, “Bektemir” BXO jamoasi 3-o‘rinni qayd etdi. 

Suzish – yurak qon-tomir, bo‘g‘imlar va orqa miya, nafas olish hamda asab tizimlari uchun foydali mashg‘ulot. Ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanuvchilardan iborat jamoalar epchilligini namoyon etishdi. Natijalar esa quyidagicha: “Termiz” BXO jamoasi 1-o‘rin, Amaliyot boshqarmasi jamoasi 2-o‘rin, Bosh ofis esa 3-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, “Spartakiada – 2026” o‘yinlarida sportning yengil atletika turi bo‘yicha esa Amaliyot boshqarmasi jamoasi 1-o‘rin, Bosh ofis jamoasi 2-o‘rin,  “Buxoro” BXO jamoasi esa 3-o‘rinni zabt etdi. 

Stol tennissi ishtirokchilarini ham muxlislari olqishlar bilan qo‘llab-quvatlab turishdi. Finalga yetib kelgan jamoalardan 1-o‘rinni “Andijon” BXO jamoasi, 2-o‘rinni “Termiz” BXO jamoasi, 3-o‘rinni esa “Samarqand” BXO jamoasi egalladi.  

Shuningdek, “Spartakiada – 2026” sport musobaqalarining bosh kubogini  “Termiz” BXO jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va sovrindor jamoalarga “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining I, II, III darajali diplomi, esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari hamda “Spartakiada – 2026” kubogi topshirildi. Qolaversa, barcha jamoalar faol ishtiroki uchun maxsus faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muxtasar qilib aytganda, o‘zgacha shukuh va zo‘r ishtiyoq bilan o‘tkazilgan “Spartakiada” o‘yinlari xodimlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada  mustahkamlamoqda. Eng muhimi, salomatik garovi – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda zamin yaratmoqda.











Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech