“Standard & Poor’s Global Ratings” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining uzoq va qisqa muddatli kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan “В+/В” darajasida tasdiqladi.
Mazkur agentlik reyting tizimiga ko‘ra, “В+/В” reytingi “Trastbank” XABning mamlakatimizdagi bank xizmatlari bozorida mustahkam o‘ringa ega ekanligini bildiradi.
“Barqaror” prognozi “Trastbank” XABning yuqori kapital zaxiralari va foyda yaratishning yuqori qobiliyatliligi uning kredit xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlashini aks ettiradi.
Shuningdek, bank qisqa muddatli majburiyatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lgan barqaror likvidlik ko‘rsatkichlarini saqlab qolmoqda.





