2026-yil 21-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Z.Kurganovning Kiberxavfsizlik markazi davlat muassasasi direktori o‘rinbosari A.G‘ofurov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda kibertahdidlarga qarshi kurashishni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada xodimlarning bilim va ko‘nikmasini boyitish hamda aholi savodxonligini oshirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi. Shu jihatdan, hamkorlik aloqalari kengaytirilayotganligi mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda “Trastbank” XAB va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, axborot va kiberxavfsizlik sohasida amaliy tajriba almashish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
Qolaversa, kibertahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish, kiberxavfsizlik hodisalari to‘g‘risida o‘zaro xabardor qilish hamda kiberhujumlarga qarshi kurashish borasida hamkorlikda ish olib boriladi. Shuningdek, kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
15


