Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Zamon bilan hamnafas

Yangilangan sana: 30 Aprel 2021, 17:25
Zamon bilan hamnafas
30 Apr 2021
Joriy yilning 24-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bosh ofisida Chakana biznes departamenti va Oʻquv markazi hamkorligida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Tadbir Amaliyot boshqarmasi hamda barcha filiallar ishtirokida “CISCO” tizimi orqali Chakana biznes yoʻnalishini rivojlantirish, joylardagi mavjud muammolar, ularni hal etish yoʻllari, bank xizmati sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va mulohazalar muhokamasiga bagʻishlandi.
Oʻquv-seminarda Boshqaruv raisi oʻrinbosari Z.Kurganov, Chakana biznes va Plastik kartalar departamentlari xodimlari, Amaliyot boshqarmasi hamda barcha filiallar boshqaruvchilari oʻrinbosarlari, masʼul xodimlar ishtirok etdi.
видео1.jpg—Tadbirda qayd etib oʻtilgan taklif va mulohazalar, xususan, bankomat va terminallar sonini oshirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, TrustPay ilovasi imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini chuqur tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqarishimiz zarur, — dedi Boshqaruv raisi oʻrinbosari Z.Kurganov.
Amaliyot boshqarmasi hamda filiallar xodimlari tomonidan koʻtarilgan masalalar, bildirilgan fikrlar bosh bankning masʼul xodimlari tomonidan belgilab olinib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun qabul qilindi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 895
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech