Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Biznes reja

Yangilangan sana: 7 Mart 2024, 14:41

Biznes-rejaga muvofiq 2024-yilda rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari

(Bank Kengashi tomonidan 2023-yil 27-noyabrda tasdiqlangan)

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki respublikaning rivojlangan banklaridan biri sifatida bank xizmatlari va moliya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash uchun mutlaq va nisbiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini yetarli darajaga ko‘tarilishini taminlash niyatida.

Strategik rivojlanishning maqsadlari:

  • daromadni oshirish va xarajatlarni kamaytirish orqali faoliyat samaradorligini oshirgan holda foydani mumkun qadar ko‘paytirish;
  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, kapitalining yetarliligi, likvidliligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro bankchilik tamoyillari talablari doirasida mustahkamlash;
  • faoliyatning barcha sohalarida yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlar bazasini sifat va miqdor jihatidan kengaytirish, yirik omonatchilarga bog‘lanib qolish xavfini pasaytirish;
  • uzoq muddatli resurs bazasini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini muddatli omonatlarga faol jalb qilish;
  • aktivlar sifatini yaxshilash, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarning so‘ndirilishi bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning kelgusida yuzaga kelmasligining oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Bank filiallari bazasida bank xizmatlari ofislarini tashkillashtirish, “Yagona bank kodi” texnologiyasini joriy qilish;
  • Jismoniy shaxslar uchun yangi kredit mahsulotlarini, xususan “TRUST PAY” mobil dasturi orqali taqdim qilinadiganlarini joriy qilish;
  • “Trast lizing” va “Trast muamalat” sho‘ba korxonalarini ish faoliyatini faollashtirish;
  • kredit liniyalarini jalb qilish;
  • ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining standarti (har 2 yilda) va ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurash standarti har yili navbatdagi sertifikatsiyadan o‘tish;
  • axborot xavfsizligi standarti bo‘yicha sertifikatini olish;
  • 9-sonli Xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashga qo‘yiladigan yangi talablarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash sifatini yaxshilash;
  • Xodimlar bilan ishlash usullarini takomillashtirish, xodimlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, «O‘quv markazi» ning samarali ishlashini taminlash.

   


 

 

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech