Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi – 2026” tadbirlari Samarqandda davom etdi

Yangilangan sana: 15 May 2026, 12:02
 “Umumjahon pul haftaligi – 2026” tadbirlari Samarqandda davom etdi
15 May 2026

 Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadlariga xizmat qiladigan ‘Umumjahon pul haftaligi – 2026” (“Global money week – 2026”) tadbirlari Samarqandda davom etdi.

 Jumladan, o‘quvchi-yoshlar “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Samarqand” bank xizmatlari ofisi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga moliya-iqtisod yo‘nalishi, pul mablag‘larini jamg‘arib borish,  raqamli iqtisodiyot va “onlayn banking” tartibi, kiberhujumlardan himoyalanish qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

photo_2026-05-14_17-39-41.jpg

 Bundan tashqari, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi. Yoshlarga muzey fondidan joy olgan eksponatlar, xususan, numizmatika bo‘limidagi tarixiy tangalar haqida ma’lumot berildi.

 Navbatdagi manzil – Samarqand shahridagi 81-sonli umumta’lim maktabi. Mazkur bilim dargohi o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tkazildi. O‘g‘il-qizlar ushbu yo‘nalishda olgan bilimlarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi.

photo_2026-05-14_17-39-40.jpg

 Mazkur jarayonlarda faol ishtirok etgan yoshlar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech