Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotgani hech kimga sir emas.
Hayotimizning barcha soha va yo‘nalishlarida yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Zamonaviy information texnologiyalarni puxta o‘rganib, bilim va ko‘nikmalarni egallagan yigit-qizlar bugun turli sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jumaladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ham 500 dan ortiq, ya’ni 27,5% yosh kadrlar faoliyat yuritmoqda, shulardan 50 ga yaqin yoshlar rahbarlik lavozimida munosib o‘rin egallashga ulgurgan.
Bundan tashqari, “Trastbank” oliy ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning moliya muassasida ish o‘rganishi, amaliyot o‘tashida ham zarur shart-sharoitlarni yaratib bergan. Bunga misol sifatida birgina 2022-2023 yilda 200 ga yaqin amaliyotchi, 100 ga yaqin stajyor o‘g‘il qizlar “Trastbank” XAB Bosh ofisi va filiallarida ish o‘rganib, yetuk kadrlar bo‘lib yetishayotganini keltirishimiz mumkin.
Qadrli yoshlar! “Trasbank” XAB Sizlarni 30-iyun Yoshlar kuni bilan tabriklaydi. Hayotingizning ayni shu go‘zal faslida yuksak g‘ayrat-shijoat, ezgu orzu-maqsadlar bilan ko‘zlagan marralaringiz sari dadil intilishingizga tilakdoshmiz! Sizga yaratilgan ulkan imkoniyatlardan foydalanib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda sobitqadam bo‘ling.
“Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin, shijoatli yoshlar!



