Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida 20 mln AQSh dollarilik bitim imzolandi

Yangilangan sana: 26 Mart 2026, 14:54
“Trastbank” va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida 20 mln AQSh dollarilik bitim imzolandi
26 Mar 2026

Shu kunlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi S.Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokaralar olib bordi. Unda islom moliyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
 Bundan tashqari, “Trastbank” XAB va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida 20 mln AQSh dollarilik bitim imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq, Bankda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar ko‘lami kengaytirilib, tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimli ravishda jadal davom ettiriladi. Xususan, oziq-ovqat, tekstil, farmasevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va boshqa shu kabi sohalardagi istiqbolli loyihalar moliyalashtiriladi. Buning natijasida ushbu yo‘nalishlarda yangi texnologiyalar qo‘llanilishi asosida operativlik oshadi. Eng muhimi, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratiladi.photo_2026-03-26_14-19-01.jpg Ta’kidlash joizki, ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda xalqaro hamda xorijiy moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini izchil mustahkamlash borasidagi navbatdagi dadil qadamlardan sanaladi. photo_2026-03-26_14-15-38.jpg
 Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Trastbank” XAB bugungi kunga qadar Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan jami 47 mln AQSh dollari miqdorida kelishuvlar imzoladi. Bu esa mamlakatimizdagi kichik va o‘rta biznesning 120 ta loyihasi moliyalashtirilishi natijasida 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga turtki bo‘ldi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 28

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech